Аdаbiy til me’yorlari

Adabiy til tizim sifatida mavjud bo`lganligi sababli o`z me’yorlariga ega va bu me’yorlar zamon va davr voqea-hodisalari, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, yashash tarzi belgilariga ko`ra vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi.

“Til hodisalaridan adabiy til qoida talablariga mos holda, namunali tarzda foydalanishni, tilning adabiyligini ta’minlovchi vositalarni saralashni belgilovchi me’yor adabiy til (nutq) me’yoridir”.

“Adabiy me’yor tilning tovush tizimi, grammatik qurilishi va lug`at tarkibidagi eng tipik hayotiy va zaruriy elementlarni tanlab olish asosida tashkil topadi. Adabiy me’yor tilning eng yuksak ishlangan, silliqlashgan shakli hisoblanadi”.

Professor Azim Hojiyev

YOZMA MASHQLAR

"Yоzma mashqlar nutqni silliqlaydi, nutqiy mashqlar esa yozish uslubini jonlantiradi." Mark Fabiy Kvintilian

Yоzma nutqni grammatik jihatdan to‘g‘ri qurish va so‘zlarni o‘rinli ishlata bilish uchun nazariy bilim bilan birga zarur mashq ham muhim o‘rin tutadi.

Yozmа mаshqlаr – bаmisоli tаfаkkur mаshqlаridir. Birоr vоqеlik yoki hоdisа to`g`risidа fikrlаsh yozmа mаshqlаr оrqаli tаkоmillаshаdi.

YURISTNING YOZMA NUTQI

Yozma nutq zamonaviy yuristlarga savodli yozish, ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon hamda mantiqan izchil ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.

KUTUBXONA

Buyuklarning kitob haqidagi hikmatlari.